Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-iyul
Xizmat nima
Ie-Taklifnoma.uz — marosimlar uchun raqamli taklifnoma tayyorlash xizmati. Siz ma'lumotlarni berasiz, biz taklifnoma tayyorlaymiz va sizga havola beramiz. Havolani mehmonlarga o'zingiz ulashasiz.
Narx
Hozircha xizmat bepul. Kelajakda pullik tariflar joriy qilinsa, bu sahifada va «Tariflar» bo'limida oldindan e'lon qilinadi. Allaqachon tayyorlangan taklifnomalar uchun keyinchalik to'lov talab qilinmaydi.
Havolaning amal qilish muddati
Har bir taklifnomaga muddat belgilanadi. Muddat tugagach havola ochilmaydi va mehmonlar taklifnomani ko'ra olmaydi. Muddatni uzaytirish uchun bizga yozing.
Siz yuklaydigan materiallar
Rasm, musiqa va videolarni yuklashda ulardan foydalanish huquqi sizda bo'lishi kerak. Qonunga zid yoki boshqalarning huquqini buzadigan materiallarni joylashtirish taqiqlanadi — bunday taklifnomalarni o'chirishga haqlimiz.
Mas'uliyat chegarasi
Taklifnomadagi ismlar, sana, manzil va boshqa ma'lumotlarning to'g'riligi uchun buyurtmachi javob beradi. Xizmatni uzluksiz ishlashiga harakat qilamiz, ammo internet yoki server nosozliklari sabab yuzaga kelgan uzilishlar uchun moddiy javobgarlik zimmamizda emas.
Shartlarning o'zgarishi
Shartlar o'zgarishi mumkin. Yangilangan sana yuqorida ko'rsatiladi. Muhim o'zgarishlar haqida buyurtmachilarga xabar beramiz.
Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram yoki +998 33 104 10 14.