Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-iyul
Qanday ma'lumotlarni saqlaymiz
Taklifnoma tayyorlash uchun siz bergan ma'lumotlarni saqlaymiz:
- ·Marosim egalarining ismlari, sana, joy nomi va manzil
- ·Taklifnoma matni va siz yuklagan rasm, musiqa yoki video fayllar
- ·Ixtiyoriy ravishda kiritilgan aloqa raqamlari (masalan, boshlovchi yoki kuyov-kelin telefoni)
Bu ma'lumotlarni siz o'zingiz taqdim etasiz va ular faqat taklifnomangizni yaratish uchun ishlatiladi.
Mehmonlar haqida
Taklifnoma havolasini ochgan mehmonlardan hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi va yig'ilmaydi. Biz faqat har bir taklifnoma necha marta ochilganini sanaymiz. Bu son kimga tegishli ekanini aniqlab bo'lmaydi: IP manzil, joylashuv yoki qurilma ma'lumotlari saqlanmaydi.
Uchinchi tomonlar
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz. Xaritada joyni ko'rsatish uchun havola Google Xaritaga olib boradi — u yerda Google'ning o'z qoidalari amal qiladi.
Saqlash muddati
Har bir taklifnomaning amal qilish muddati bor. Muddat tugagach havola ochilmaydi. Ma'lumotlarni butunlay o'chirishni istasangiz, bizga yozing — o'chiramiz.
Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram yoki +998 33 104 10 14.